Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal. Jizzaxliklar hamon peshqadam, zarafshonliklar esa “xavfli hudud”dan chiqa olishmayapti
21:38 / 2022-02-05

Futzal bo‘yicha Toshkent va Olmaliq shaharlarida 7-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ketma-ket g‘alabalar qozonayotgan “Dinamo” hatto chempionat peshqadami “Huaxin-Jizzax” jamoasini ham vaximaga solayotgandi – birinchi bo‘limda hisob ochilmasligini ta’minlab turishgandi. Ikkinchi bo‘limda esa kutilmaganda samarqandliklar Mexroj Xudoyberdiyevning avtogoli evaziga o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishdi. Bundan ruhlangan jizzaxliklar o‘yin yakunigacha ikkita gol urishib, hisobni o‘z foydalariga hal etishdi. 

“Neftchi” “Stroitel-Zarafshon”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Farg‘onaliklar kecha “Dinamo”dan mag‘lub bo‘lgandi, shuning uchun bugun zarafshonliklarga qarshi astoydil harakat qilishdi va buning uddasidan chiqishdi. “Paxtakor” ham bitta gol farqi bilan “Bunyodkor”dan ustun keldi.

Olmaliqda esa kutilmaganda “Nasaf” “Metallurg”ni mag‘lubiyatga uchrata oldi. Vaholanki bekobodliklar uchrashuvning boshidayoq gol urishib, birinchi bo‘limni o‘z foydalariga ushlab turishgandi. Ikkinchi bo‘limda qarshiliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va buni hisobda ham isbotlashdi. AGMK “Navbahor”, “Lokomotiv” esa “Maksam-Chirchiq” ni yirik hisoblarda yenga olishdi.

Futzal. Oliy liga. 7-tur.

Uchinchi kun. 5 fevral, shanba

Toshkent. “Yunusobod” sport majmuasi

HUAXIN-JIZZAX – DINAMO – 3:0 (0:0).

Gollar: Davron Choriyev (29), Husniddin Nishonov (38) – Mexroj Xudoyberdiyev (26-o‘z darv.)

STROITEL-ZARAFSHON – NEFTCHI – 0:4 (0:2).

Gollar: Dostonbek Bobojonov (16, 20, 31), Shuhratbek Rashidov (30)

PAXTAKOR – BUNYODKOR – 4:3 (3:2).

Gollar: Feruz Faxriddinov (2), Dilshod Irsaliyev (14), Konstantin Sviridov (20), Muhammad Zoirov (28) – Muhammadbobur Rahmonberdiyev (14, 15), Xurshid Najimov (22)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi

NAVBAHOR – AGMK – 1:5 (0:3).

Gollar: Burxoniddin Sodiqov (9-o‘z darv.), Dovudxon Sadriddinov (36) – Davlat Ibrohimov (17, 28, 40), Abdulla Solixov (19)

NASAF – METALLURG – 6:4 (0:1).

Gollar: Mamasharif Xalimov (21, 24), Shohruh Norqulov (22, 23), Oybek Polvonov (27), Baxtiyor Baratov (36) – Sanjar Ziyoxonov (2), Islombek Biyto‘rayev (31), Farhod Qodirov (40), Temur Saydullayev (40)

LOKOMOTIV – MAKSAM-CHIRCHIQ – 8:2 (2:1).

Gollar: Dilmurod Shavkatov (14), Jamoliddin Sharipov (17), Mashrab Odilov (28), Ravshan Asqarjonov (29), Akbar Usmonov (34, 35, 38, 40) – Bekzod Jumaboyev (15), Ashirbek To‘lqinov (31).

[gallery-5651]

Oybek YUNUSOV