Futzal bo‘yicha Jizzax va Olmaliq shaharlarida tashkil etilgan 6-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Uchinchi kungi bahslar ham qiziqarli kurashlarga boy bo‘ldi.
“Neftchi”ning “Maksam-Chirchiq”ni, “Navbahor”ning “Bunyodkor”ni yengishini ancha-munchasi bashorat qilmagan bo‘lsa kerak. Ikki kundan beri ochko yo‘qotib, yetakchilardan sezilarli farqda ortda qolgan “Lokomotiv”ning bugun ham ikki ochkodan “quruq” qolishini kim ham o‘ylabdi deysiz.
Xullas, bu turda ochko yo‘qotmagan birgina “Huaxin-Jizzax” jamoasi bo‘ldi. Jizzaxliklar uchala uchrashuvda ham yirik natijalar qayd etishdi va peshqadamlikka ko‘tarilib olishdi. Eng qizig‘i, “Huaxin-Jizzax”ning bugun “Metallurg”ga qarshi o‘yinida viloyat hokimi, jamoaning hujumchisi Ergash Saliyev maydonga tushdi. Hatto gol muallifi bo‘lishiga ham bir bahya qoldi. Uning penaltidan tepgan to‘pini bekobodliklarning mohir darvozaboni Akmal Hazratqulov qaytarishga erishdi.
Birorta ham ochko ishlay olmagan jamoa “Bunyodkor” – uch uchrashuv, uchalasi ham mag‘lubiyat. Birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan jamoaga “Paxtakor”ni ham misol qilish mumkin. “Sherlar” ikkita o‘yinda durang va bittasida g‘alaba qozonishdi. Har kungi o‘yinlarda bittadan durang qayd etildi, shundan ikkitasi “Paxtakor”ga tegishli bo‘ldi.
Shu tariqa turnir jadvalining birinchi pog‘onasini 42 ochko bilan “Huaxin-Jizzax” band etdi. AGMK jamoasi jizzaxliklardan atigi bir ochko ortda boryapti. Uchinchi o‘rinni egallab turgan “Lokomotiv” esa olmaliqliklardan to‘rt ochkoga qolib ketdi. Uch o‘yindan to‘rt ochko jamg‘argan “Dinamo” (8 ochko) autsayderlikni tark etdi, so‘nggi pog‘onani esa 7 ochko bilan “Stroitel-Zarafshon” jamoasi “egallab” turibdi.
Futzal. Oliy liga. 6-tur.
Uchinchi kun. 21 yanvar, juma
Jizzax. “So‘g‘diyona” sport majmuasi.
HUAXIN-JIZZAX – METALLURG – 6:1 (2:1).
Gollar: Dilshod Rahmatov (6), Davron Choriyev (16), Husniddin Nishonov (21, 32), Ixtiyor Ropiyev (22), Abbos Elmurodov (38) – Farhod Qodirov (4-pen.)
MAKSAM-CHIRCHIQ – NEFTCHI – 4:5 (3:2).
Gollar: Bekzod Jumaboyev (2, 18), Ravshan Abdujabborov (3-o‘z darv.), Javlon Anorov (20, 31) – Rashidjon Jabborov (7, 37), Shuhratbek Rashidov (13), Shohjahon Hasanov (29)
NAVBAHOR – BUNYODKOR – 4:3 (2:2).
Gollar: Hakimjon Abdurashidov (4), Ilhom Yusubjonov (9, 40), Farhodjon Shokirov (39) – Olimjon Voxidov (3), Xayrullo Solixov (4, 33)
Olmaliq. “OTMK” sport majmuasi.
NASAF – STROITEL-ZARAFSHON – 3:1 (1:0).
Gollar: Shohruh Norqulov (7), Oybek Polvonov (32), Mamasharif Xalimov (39) – Shuhrat Ma’murov (28)
AGMK – DINAMO – 5:1 (3:0).
Gollar: Davlat Ibrohimov (4, 30), Abdulla Solixov (12, 25), Avazbek Abduvaliyev (13) – Mehroj Xudoyberdiyev (35-pen.)
LOKOMOTIV - PAXTAKOR – 2:2 (1:0).
Gollar: Akbar Usmonov (38) – Muhammad Zoirov (9-o‘z darv.), Sevastyan Mojayev (27), Konstantin Sviridov (40).
Oybek YUNUSOV, O‘zA