Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Hamyurtlarimiz jahon va qit’a reytingida yuksalishga erishdi
15:26 / 2022-10-11

Xabar berganimizdek, mamlakatimiz futzalchilarining yaqinda yakunlangan Osiyo kubogida 3-o‘rinni egallashi xayrli ishlarga qo‘sh qanot bo‘ldi.

Qit’aning eng nufuzli turnirlaridan biri sanalgan mazkur musobaqada bronza medaliga ega chiqqan futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshiladi. 

Bugungacha jahon reytingida 23-o‘rinni band etib turgan milliy terma jamoamiz 1284 ochko bilan 21-o‘ringa ko‘tarildi. Osiyoda esa 3-o‘ringa joylashib oldi. 

Jahon reytingini Braziliya, Ispaniya va Portugaliya jamoalari boshqarib kelayotgan bo‘lsa, qit’amizda Eron va Yaponiyadan keyingi pog‘onani hamyurtlarimiz band etishga erishdi. 
 


T.Ro‘ziyev, O‘zA