Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Hamyurtlarimiz bronza medali uchun kurashadi
11:29 / 2022-10-08

Bugun, 8 oktyabr kuni Quvaytda davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining hal qiluvchi bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli musobaqada qatnashayotgan O‘zbekiston termasi bugun uchinchi o‘rin uchun Tailand jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.  

Final uchrashuvida esa Eron hamda Yaponiya terma jamoalari oltin va kumush medallar masalasini hal etadi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimiz futzalchilari guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chorak finalda mezbon Quvaytni mag‘lub etgandi. Yarim finalda esa Yaponiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.  

O‘zA