Bugun, 7 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha davom etayotgan Oliy liga 1-tur o‘yinlarining so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Kecha turning beshinchi kunida Qarshining Nasaf” jamoasi Termizning “Surxon” futzalchilari bilan ro‘baro‘ keldi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda qarshiliklarning qo‘li baland keldi.

“Dinamo” “Qizilqum” “dueli”da 2:2 hisobi qayd etilib, murosa yo‘li tanlandi. Ushbu natija navoiyliklarga bir ochko taqdim etishi bilan ularni xavfli chiziqdan yuqorilashini ta’minladi.
Beshinchi kunning so‘nggi o‘yinida chempionatda endi ishtirokini boshlagan SQB jamoasi tajribali “Neftchi”ga qarshi ishonchli harakat qildi. Bu natijada ham o‘z aksini topdi. Uchrashuv 4:1 ko‘rinishida SQB futzalchilari g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bugun turning oxirgi kunida “Dinamo” “Surxon” bilan, SQB “Qizilqum” bilan, “Nasaf” “Neftchi” bilan kuch sinashadi.
Aynan bugungi o‘yinlar 1-turda qaysi jamoalar Oliy liga bahslarida yetakchilikka da’vogar ekanligi bilan ahamiyatlidir.
T. Ro‘ziyev, O‘zA