Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: bugun Oliy liga o‘yinlarining 2-tur ikkinchi kungi bahslari o‘tkaziladi
11:05 / 2025-09-29

Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati – Oliy liga bahslarining 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Dastlabki kungi o‘yinlarda Olmaliqning OKMK jamoasi shiddatli kechgan o‘yinda “Surxon” jamoasini 2: 0 hisobida dog‘da qoldirdi.  

Amaldagi O‘zbekiston chempioni Jizzaxning “BMB” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” futzalchilari darvozasiga javobsiz 10 ta to‘p yo‘llab, o‘z darvozalari to‘ridan 1 ta to‘p olib chiqdi –10:1.  

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi poytaxtning “Lokomotiv”chilari bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda omad temiryo‘lchilarga kulib boqdi. Ular Navoiy viloyati jamoasini 5:2 ko‘rinishida taslim etdi.  

Bugun, 29 sentyabr kuni 2-turning ikkinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tadi.  

Unda Toshkent viloyatining OKMK jamoasi Farg‘onaning “Neftchi”  jamoasi bilan, “Surxon” “Lokomotiv” bilan, “BMB” “Qizilqum” jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.  

12 ta jamoa ishtirokida o‘tayotgan 2-tur o‘yinlari 3 oktyabrga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA