Bugun, 2 sentyabrdan poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha XXIX O‘zbekiston chempionati – Oliy liga bahslariga start beriladi.
Chempionatda 12 ta jamoa 12 ta tur o‘yinlari mobaynida g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Oliy liga bahslarining 1-tur o‘yinlari 7 sentyabrga qadar poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tsa, qolgan tur bahslariga Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida joylashgan sport majmualari mezbonlik qiladi.
2025/2026-yilgi mavsum Oliy liga musobaqalarida BMB (Jizzax), “Oil Star” (Buxoro), “Lokomotiv” (Toshkent), OKMK (Olmaliq), “Bunyodkor” (Toshkent), “Maksam-Chirchiq” (Toshkent viloyati), “Dinamo” (Samarqand), “Nasaf” (Qarshi), “Surxon” (Termiz), SQB (Toshkent), “Qizilqum” (Navoiy) va “Neftchi” (Farg‘ona) jamoalari qatnashmoqda.

Ilk turdayoq mamlakatimizning ikki yetakchi jamoasi o‘zaro kuch sinashadi. Oxirgi yillarda chempionlik uchun raqobat qilayotgan BMB va “Oil Star” o‘yini aynan bugun bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA