English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Bugun Andijonda Oliy liga o‘yinlarining 2-turi boshlanadi
15:08 / 2025-09-28

Andijon shahridagi muhtasham “Universal” sport majmuasida bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati – Oliy liga bahslarining 2-tur uchrashuvlarining ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatimizning eng kuchli 18 ta jamoasi olti kun mobaynida vodiylik futzal ishqibozlariga shiddatli o‘yinlarni taqdim etadi.

Turning dastlabki uchrashuvida besh karra mamlakat chempioni – Olmaliq shahrining OKMK jamoasi Termizning “Surxon” jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi. Amaldagi O‘zbekiston chempioni Jizzaxning “BMB” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” klubiga qarshi harakatlansa, Navoiyning “Qizilqum” futzalchilari poytaxtning “Lokomotiv” jamoasi bilan kuch sinashadi.

2-tur o‘yinlari 3 oktyabrga qadar davom etadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA