Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal bo‘yicha Oliy liga bahslari davom etmoqda
11:47 / 2024-12-06

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 3-turi boshlandi. Buxoro shahri mezbonlik qilayotgan mazkur turning dastlabki kunida 4 ta uchrashuv o‘tkazildi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mazkur turdagi ilk bahslarda “Dinamo” klubi OKMK ustidan 4:2 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, “BMB” jamoasi “Masam Chirchiq” darvozasiga javobsiz yetti marotaba gol urdi. Shuningdek, “Lokomotiv” 4:0 hisobida “Dizak”ni taslim etdi. “Surxon” va “Bunyodkor” bahsi 2:2 hisobida yakunlandi.

Bugun, 6 dekabr kuni Oliy liganing 3-tur uchrashuvlari doirasida “BMB” – “Lokomotiv” “Metallurg” – “Nasaf”, “Dizak” – “Surxon”, “Paxtakor” – “Oil Star” klublari uchrashuviga guvoh bo‘lamiz. Ushbu tur 7 dekabrga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA