Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal bo‘yicha oliy hamda birinchi liga jamoalari mavsumni yakunladi
12:05 / 2023-06-12

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuida futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining birinchi va oliy liga jamoalari so‘nggi tur uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Birinchi ligada faoliyat yuritgan “TTG” jamoasi mavsumda 49 ochko jamg‘ara oldi va chempionat peshqadamiga aylandi. “Dinamo” hamda “Dizak” klublari 39 hamda 33 ochko bilan keyingi o‘rinlarni band etdi.

 Kecha oliy liga jamoalarining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bir necha turdan buyon peshqadamlikni bermay kelayotgan “BMB” jamoasi “Jizzax Kenteks” bilan mavsumdagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazdi. Katta ustunlik bilan (7:0) raqiblarini dog‘da qoldirgan “BMB” chempionlarga xos o‘yin namoyon etdi.

Mavsum davomida 94 ochko to‘plagan “BMB” jamoasi birinchi, 82 ochko bilan OKMK ikkinchi, “Jizzax Kenteks” klubi esa 78 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Tur o‘yinlari nihoyasiga yetgach, mamlakat chempionati g‘olibi tantanali tarzda taqdirlandi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA