Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal bo‘yicha jahon chempionatida barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
08:13 / 2024-10-07

Mamlakatimiz mezbonligida futzal bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Poytxatimizdagi “Humo arena” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan chempionatning so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida Braziliya — Argentina terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur uchrashuvda Braziliya termasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Ferrao, Rafa Santos va Matias Rosa mualliflik qildi.

Shu tariqa, zafar quchgan Braziliya terma jamoasi futzal bo‘yicha 6 karra jahon chempioniga aylandi. Finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Argentina esa dunyo birinchiligida ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rindan esa Ukraina terma jamoasi joy oldi.  

[gallery-19621]

Shuningdek, chempionatning eng yaxshi to‘purari Marsel (Braziliya) deya e’tirof etildi. Ushbu o‘yinchi musobaqa davomida raqiblar darvozasiga 10 marotaba gol urishni uddaladi. Eng yaxshi darvozabon nominatsiyasi bo‘yicha Villian (Braziliya) g‘olib bo‘ldi. Diyego (Braziliya) musobaqaning eng yaxshi futzalchisiga aylandi.

Darvoqe, jahon chempionatining final o‘yinini 9 ming 29 tomoshabin kuzatdi.  O‘zbekiston rasmiylari hamda FIFA prezidenti Janni Infantino, Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid va  futzal bo‘yicha 2 karra jahon chempioni Xavi Rodriges kabi martabali mehmonlar dunyo birinchiligining so‘nggi uchrashuviga tashrif buyurdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA