Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal bo‘yicha jahon chempionati logotipi elon qilindi
09:46 / 2024-05-21

Xabaringiz bor, mamlakatimizda futzal bo‘yicha jahon chempionati 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

Mazkur turnirning rasmiy logotipi e’lon qilindi. Rasmiy logotip FIFAning futzal bo‘yicha jahon kubogi sovrini shaklida tayyorlangan bo‘lib, uning yuqori qismidan to‘p va qalampir shaklidagi tasvir o‘rin olgan.  

Mazkur logotip Samarqandning muhtasham va tarixiy Registon maydonida 26 may kuni jamoatchilikka taqdim etiladi. Shuningdek, ushbu sanada 24 ta ishtirokchi jamoalar uchun guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.  

Qur’ada musobaqaning besh karra g‘olibi Braziliya, amaldagi jahon chempioni – Portugaliya, Ispaniya, Eron Islom Respublikasi va Argentina birinchi savatchadan joy oladi va qolgan jamoalar ham reytingdagi o‘rinlariga qarab savatchalarga ajratiladi.  

Jahon chempionati bahslariga Toshkent, Andijon hamda Buxoro shaharlari mezbonlik qiladi va unda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Angola, Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kuba, Fransiya, Gvatemala, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Liviya, Marokash, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Panama, Paragvay, Portugaliya, Ispaniya, Tojikiston, Tailand, Ukraina va Venesuela terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA