Futzal: BMB O‘zbekiston superkubogi sohibi
Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston superkubogi final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda BMB va "Oil Star" klublari o‘zaro raqobatlashdi.
Bir qator dunyo futbol afsonalari guvohligida o‘tgan mazkur o‘yinda BMB jamoasi "Oil Star" klubini 5:1 hisobida taslim etdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Darvoqe, "Oil Star"ning yagona goliga Behruz Samiyev mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, BMB klubi bundan avval 2023 yilda O‘zbekiston superkubogini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot o‘rnida: futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2025-2026 yilgi bahslari 2-7 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Unda 12 jamoa o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA