Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: azaliy raqiblar chorak finalda to‘qnashadi
10:15 / 2026-02-02

Xabaringiz bor, Indoneziya mezbonligida o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida guruh bosqichi uchrashuvlari o‘z yakuniga yetib, chorak finalda ishtirok etadigan terma jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Kubogining 1/4 final o‘yinlari ertaga, 3 fevral kuni start oladi. Yarim final yo‘llanmasini beruvchi uchrashuvlarni O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv boshlab beradi. Jakarta jahridagi xalqaro velodrom majmuasida o‘tadigan uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 11:00 da start oladi. Shuningdek, ushbu kunda Iroq – Tailand (13:00), Yaponiya – Afg‘oniston (15:00) va Indoneziya – Vetnam (17:00) terma jamoalari o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.  

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, agarda futzalchilarimiz chorak finalda Eron ustidan g‘alaba qozona olsa, yarim finalda Iroq – Tailand o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi 5 fevral kuni bahs olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA