Kecha poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy liga bahslari 7-tur uchrashuvlari boshlandi.
Dastlabki kungi bahslarning ilk o‘yini "Surxon"- "Maksam Chirchiq" jamoalari o‘rtasida kechdi.
Qiziqarli va shiddatli o‘tgan uchrashuvda chirchiqliklar 6:3 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda "Maksam Chirchiq" futbolchisi Nazarbek Usmonov qarama-qarshilikning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.
[gallery-27023]
7-turning qolgan ikkita uchrashuvini elektr energiyasida yuzaga kelgan muammolar sababli davom ettirish imkoni bo‘lmadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston futzal federatsiyasi "Oil Star" - “Neftchi” va "Qizilqum"-"Bunyodkor" ishtirokidagi bahslar boshqa kunga qoldirilganini ma’lum qildi. Uchrashuvlarning yangi sanasi va vaqti haqidagi qo‘shimcha ma’lumot keyinroq e’lon qilinishi bildirildi.
Bugun, 8 yanvar kuni Oliy liga 7-turi ikkinchi kungi o‘yinlarida Toshkent viloyatining “Maksam Chirchiq” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan, “Bunyodkor” Termizning “Surxon” jamoasi bilan, Buxoroning "Oil Star" jamoasi Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.
Aytish lozim, o‘tgan yili yakunlangan Oliy liga 6-tur o‘yinlari natijalariga ko‘ra, “BMB” futzalchilari 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi pog‘onalardan joy olgan OKMK va SQB hisobida 35 ochko mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Oliy liganing 7-tur o‘yinlari 12 yanvarga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
Muhammad AMIN (surat),O‘zA