Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: 2026 yilgi reja va maqsadlar belgilab olindi
11:50 / 2026-01-13

O‘zbekiston futzal federatsiyasining navbatdagi ishchi yig‘ilishida 2025 yil yakunlari tahlil qilinib, joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Yig‘ilishda milliy chempionatining 6-7-tur uchrashuvlari muvaffaqiyatli tashkil etilgani, nafaqat Oliy liga, balki Birinchi liga bahslariga muxlislar tomonidan qiziqish ortib borayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, mavsum yakunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘tkazilgan yig‘in doirasida jahonning TOP jamoalaridan biri — Rossiya terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilgani va unda vakillarimiz irodali g‘alabani qo‘lga kiritgani qayd etildi.

Muhokamalar jarayonida O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbari Bekzod Mamatqulov 2026 yil mamlakatimiz futboli uchun muhim va mas’uliyatli yil ekanini ta’kidlab, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etishi, futzal bo‘yicha milliy terma jamoa Osiyo kubogida Vatanimiz sharafini himoya qilishi kerakligini bildirdi.

Shuningdek, milliy terma jamoaga zaxira hisoblangan yoshlar terma jamoasiga alohida e’tibor qaratish, iqtidorli yosh futbolchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni vatanparvarlik, intizom va mas’uliyat ruhida tarbiyalash muhimligi borasida so‘z yuritildi.

Tadbirda ayollar futzali, bolalar va o‘smirlar futzali hamda sohil futboli yo‘nalishlaridagi 2026 yilgi mavsum rejalari ko‘rib chiqildi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA