Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Future Foresight”ning faol ishtirokchilari BAAga stajirovkaga yuboriladi
10:00 / 2019-11-03

Tadbir ochilish marosimida soʻzga chiqqan Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov seminar ishtirokchilarini qutladi.


Joriy yilning 28-oktyabr – 1-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va Kelajak ishlari boʻyicha vazirligi bilan hamkorlikda “Future Foresight” seminar-treninglar tashkil etildi.

BAA Bosh vaziri Mahkamasining mutaxassisi Muhammad Xassan Ahli boshchiligida oʻtkazilgan seminarda respublikamizning 40 dan ortiq vazirlik va idoralaridan 250 ga yaqin davlat xizmatchilari, Davlat boshqaruv akademiyasining pedagog xodimlari hamda akademiyaning tinglovchilaridan iborat 55 nafar malakali mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbir ochilish marosimida soʻzga chiqqan Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov seminar ishtirokchilarini qutladi.

– 21-asr murakkab jarayonlar va oʻzgaruvchan texnologiyalar davri, – dedi A. Nazarov. – Jamiyat va iqtisodiyotining rivojlanishini uzoq muddatli prognozini qilish va bunga tayyor turish hukumatlar va peshqadam insonlar oldida turgan muhim vazifalardandir. Hukumat va jamiyatning global oʻzgarishlarga tez moslashuvchanligi mamlakatlarning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratadi.
Shu munosabat bilan davlat xizmatchilariga tashkil etilgan mazkur seminar-treninglar ularga kelajakda yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni bashorat qilish va pirovardida kelajakda xalqimiz farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Seminar-trening ishtirokchilariga anʼanaviy rejalashtirishda muvaffaqiyatsizliklarning oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrish, strategik prognozda tashqi taʼsirlarga koʻmaklashuvchi omillar haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, davlat xizmatchilarining ish samaradorligini oshirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, kelajakni prognozlashtirish va forsayt texnologiyalaridan unumli foydalanish orqali tashabbuskorlik va natijadorlikka erishish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida xalqaro ekspertlar tomonidan oʻtilgan mavzular yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi hamda ishtirokchilarning orttirgan bilimlariga baho berildi.

Shuningdek, 5 kun mobaynida boʻlib oʻtgan seminar-treningda eng faol ishtirok etgan 15 nafar nomzodlarni kelgusida Birlashgan Arab Amirliklarida “Future Foresight” boʻyicha malakalarini oshirish uchun yuborishga kelishildi.