English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchilarimizning dastlabki g‘alabasi
19:58 / 2014-12-01

Meksikaning Kuliakan shahrida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba bilan boshladi.

Meksikaning Kuliakan shahrida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba bilan boshladi.

Dunyoning yigirma ikki davlati terma jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan musobaqada hamyurtlarimiz amaldagi jahon chempioni sifatida ishtirok etmoqda. Dastlabki uchrashuvda Ukraina vakillariga qarshi maydonga tushgan futbolchilarimiz raqib darvozasiga javobsiz yettita to‘p kiritdi.

«A» guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi keyingi o‘yinlarni Irlandiya va Braziliya terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi.