Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchilarimizning Argentina va Urugvayga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda
16:30 / 2024-09-13

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U20 terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Janubiy Amerikada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.

Farhod Nishonov jamoasi mazkur yig‘inda Argentina va Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishi kutilmoqda. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 11-13 oktyabr kunlari Argentina – O‘zbekiston, 15-17 oktyabrda Urugvay –O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston U20 terma jamoasi Xitoydagi U21 xalqaro o‘rtoqlik turnirida Malayziyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA