English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchilarimizni Saudiya Arabistonida jiddiy sinov kutmoqda
11:52 / 2021-03-31

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati ikkinchi saralash bosqichi doirasida 5 ta o‘yin o‘tkazganidan xabaringiz bor.

Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 7 iyun kuni Singapurga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, futbolchilarimiz 11 iyunda Yaman hamda 15 iyun kuni esa Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan raqobatlashadi.

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli "D" guruhidagi saralash bosqichining qolgan barcha uchrashuvlari Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o‘tadi.

Quyida "D" guruhidagi vaziyat bilan tanishish:

1. Saudiya Arabistoni 5 o‘yin, 11 ochko;

2. O‘zbekiston 5 o‘yin, 9 ochko;

3. Singapur 5 o‘yin, 7 ochko;

4. Yaman 5 o‘yin, 5 ochko;

5. Falastin 6 o‘yin, 4 ochko.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA