French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchilarimiz Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi
12:28 / 2024-12-29

Avval xabar berganimizdek , futbol bo‘yicha O‘zbekiston U20 terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U20 Osiyo kubogida munosib ishtirok etish uchun Qatarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.

Bugun, 29 dekabr kuni Farhod Nishonov shogirdlari yig‘in doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi nazorat bahsini olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi.   

Ma’lumot o‘rnida: Xitoyda bo‘lib o‘tadigan qit’a kubogida terma jamoamiz «C» guruhida Eron, Yaman va Indoneziya termalariga qarshi bahs olib boradi.  

Agar terma jamoamiz guruh va chorak final bosqichida zafar quchsa, 2025 yil Chilida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘l oladi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA