French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchilarimiz Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi
21:04 / 2026-01-07

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Gap shundaki, mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “C” guruhidagi ilk o‘yinini Livan terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullayev va Sardor Bahromov mualliflik qildi.  

Ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yin Janubiy Koreya – Eron o‘rtasidi o‘tkazildi hamda uchrashuvda nursiz durang qayd etildi - 0:0.  

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk turdan so‘ng 3 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Janubiy Koreya va Eron esa 1 ochko bilan 2-3 o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Livan ochkosiz so‘nggi pog‘onada qoldi.

Endi ikkinchi tur doirasida 10 yanvar kuni O‘zbekiston – Eron va Janubiy Koreya – Livan uchrashuvlari o‘tkaziladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA