Futbolchilarimiz Eron bilan durang o‘ynadi
Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo kubogida “S” guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari yakunlandi.
Unda “C” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Eron termasiga qarshi maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Janubiy Koreya 4:2 hisobida Livanni taslim etdi.

Qayd etilgan natijadan so‘ng, Janubiy Koreya va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari 4 ochko jamg‘arib, 1-2 o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Eron va Livan 3-4 pog‘onada qoldi.
Endi 13 yanvar kuni kubok bahslarining 3-turida Janubiy Koreya va O‘zbekiston, Eron hamda Livan o‘rtasidagi o‘yinlarga guvoh bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA