Futbolchilarimiz chorak finalda Xitoy termasiga qarshi o‘ynaydi
Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tayotgan U23 yosh toifasidagi Osiyo kubogida chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Gap shundaki, bugun, 14 yanvar kuni “D” guruhida so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Iroq – Avstraliya bahsi 2:3 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Xitoy Tailand bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Natijada Avstraliya 6, Xitoy 5 ochko bilan guruhda 1-2 o‘rinni egallagan bo‘lsa, Iroq va Tailand 2 ochko bilan 3-4 o‘rinda qoldi.
Shu tariqa, chorak finalda 16 yanvar kuni Yaponiya va Iordaniya, Vetnam – BAA termalari bahslashsa, O‘zbekiston hamda Xitoy, Janubiy Koreya va Avstraliya 17 yanvarda yarim final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA