Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchilarimiz chorak finalda to‘xtadi
19:35 / 2026-01-17

Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha 23 yosh toifasida o‘tayotgan Osiyo kubogining chorak finalida O‘zbekiston va Xitoy yoshlar terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

O‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtida hisob ochilmadi, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Unda termamiz 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi Xitoy 20 yanvar kuni yarim finalda Vetnamga qarshi maydonga tushadi.

Chorak final bosqichining so‘nggi o‘yinida Avstraliya hamda Janubiy Koreya termalari to‘qnashadi. Bu o‘yin soat 20:30 da start oladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA