French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchi va uning murabbiyi rag‘batlantirildi
13:52 / 2023-03-27

Toshkent va Farg‘ona stadionlarida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlarida Ravshan Haydarov rahbarligidagi O‘zbekiston terma jamoasi oltin medal uchun kechgan o‘yinda Iroq terma jamoasini 1:0 hisobida yengib, barcha yurtdoshlarimizni quvontirdi.

E’tiborli tomoni shundaki, mazkur o‘yinlarda mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Javohir Utemuratov munosib ishtirok etib, futbolchilarimizning tarixiy g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev futbol bo‘yicha U-20 O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javohir Utemuratovni “Umid uchquni” ko‘krak nishoni hamda 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirladi. Shuningdek, uning ustozi, Nukus shahridagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchisi Bektursin Qannazarovga “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi.

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri