Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchi qizlarimiz Osiyo kubogiga yo‘l oldi
09:53 / 2025-08-11

Poytaxtimizda qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha U20 Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslarining “G” guruhida uchinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

“Do‘stlik” stadionida tashkil etilgan O‘zbekiston va Iordaniya termalari bahsi 3:3 hisobida yakunlandi. Natijada har ikki jamoa 7 ochko jamg‘ardi. Biroq gollar nisbatiga ko‘ra, futbolchi qizlarimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘l oldi. Iordaniya esa eng yaxshi ikkinchi o‘rin sohibi sifatida ushbu musobaqada qatnashadigan bo‘ldi.  

[gallery-24693]

Shimoliy Mariana orollari va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3:0 hisobida o‘z yakuniga yetdi. Shu tariqa Shimoliy Mariana orollari jamoasi guruhda 3 ochko bilan uchinchi o‘rindan joy oldi. Bahrayn esa ochkosiz so‘nggi pog‘onada qoldi.  

Endi Vladimir Panov boshqaruvidagi O‘zbekiston U20 qizlar terma jamoasi 2026 yilning 1-18 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

Almurod Mamadaminov (surat)  

O‘zA