Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbolchi qizlarimiz bugun Osiyo kubogida navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi
10:20 / 2026-03-06

Avstraliyada futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo kubogining “B” va "C" guruhlarida bugun, 6-mart kuni ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

“B” guruhidan o‘rin olgan terma jamoamiz ikkinchi turda Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 13:00 da “Sidney” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni KXDR va Bangladesh bahsi ham tashkil etiladi.

"C" guruhida esa Yaponiya va Hindiston, Xitoy Taypeyi hamda Vetnam terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Darvoqe, kuni kecha "A" guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda Avstraliya 4:0 hisobida Eron termasini taslim etgan bo‘lsa, Filippin va Janubiy Koreya bahsi 0:3 hisobida yakunlandi. Natijada Janubiy Koreya va Avstraliya terma jamoalari hisobidagi ochkolari 6 taga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA