Avstraliyalik markaziy himoyachi Aleksandar Shushnyar Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Nyukasl Jets” safida 23 o‘yinda qatnashib, bittadan gol va assist qayd etgan edi.
***
“Bunyodkor” yangi mavsum oldidan Dmitriy Pletnyov, Shahzod Ne’matjonov, Dilshod Ahmadaliyev, Muhammad Hakimov va Islom Anvarovni Superliga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Ushbu besh nafar futbolchi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolandi.
***
“Navbahor” Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga yo‘l oldi. 30 yanvar kuniga qadar davom etadigan mazkur yig‘inda bir qator xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan.
***
Gaiti, Eron, Kot-d'Ivuar va Senegal milliy terma jamoalari muxlislari 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga tashrif buyura olmasliklari mumkin. Gap shundaki, ushbu davlat fuqarolari uchun AQSHga kirish taqiqlangani sabab bo‘lmoqda.
Ma’lum qilinishicha, AQSHga kirish taqiqi faqat futbolchilar, murabbiylar va rasmiy delegatsiya a’zolari uchun istisno tariqasida amal qilmaydi. Eron, Kot-d'Ivuar, Gaiti va Senegal muxlislari, shuningdek, ushbu mamlakatlar futbol federatsiyalari viza ololmasliklaridan xavotirda. Sababi, mazkur terma jamoalar o‘z o‘yinlarini aynan Amerika shaharlarida o‘tkazishi belgilangan
Eslatib o‘tamiz, "JCH-2026" uchta mamlakat: AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.
***
“Transfermarkt” nashrining ma’lum qilishicha, “Navbahor” klubi 27 yoshli Vanya Ilichni 250 ming yevroga sotib oldi. Vanya Ilich faoliyati davomida Serbiyaning “Rad”, “OFK Jarkovo”, “Radnichki”, “Kolubara” jamoalarida o‘ynagan.
Futbolchi joriy mavsum Serbiya Superligasida 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA