French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol xabarlari
10:33 / 2025-12-29

— Opta superkompyuteri 2025/2026 yilgi mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da’vogar sifatida «Arsenal»ni ko‘rsatdi. 10 mingta simulyatsiyaning 65,63 foizida londonliklar g‘olib chiqqan. Ayni paytda Mikel Arteta jamoasi 18 turdan keyin 42 ochko bilan peshqadam.

***

— BAA Pro ligasi 10-turi doirasida «Dibba» — «Al-Vasl» o‘yini bo‘lib o‘tdi. «Dibba» ushbu uchrashuvda 1:3 hisobida o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik Abdulla Abdullayev to‘liq harakat qildi. Jamoa 10 uchrashuvdan so‘ng 3 ochko jamg‘argan holda chempionat turnir jadvalida so‘nggi, 14-o‘rinda bormoqda. «Al-Vasl» esa 18 ochko bilan uchinchi o‘ringa joylashgan.  

***

— «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Dubayda o‘tgan «Globe Soccer Awards» marosimida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 2025 yilda Chempionlar ligasida jamoasi bilan birgalikda g‘olib chiqib, «Oltin to‘p»ni ham qo‘lga kiritgan.

***

— «Al-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu «Globe Soccer Awards» talqiniga ko‘ra, 2025 yilning «Yaqin Sharqdagi eng yaxshi futbolchisi» deb e’tirof etildi. Portugaliyalik futbolchi ushbu nominatsiyada ketma-ket uchinchi bor g‘alaba qozondi.

***

— Italiya A Seriyasining 17-turida «Inter» mehmonda «Atalanta»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Lautaro Martinesning goli milanliklarga uch ochko olib keldi. Shu tariqa «Inter» 36 ochko bilan jadvalning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

***

— Afrika Millatlar kubogining ikkinchi turida Jazoir terma jamoasi Burkina-Fasoni 1:0 hisobida yengdi. Uchrashuvdagi yagona golga Riyod Mahrez mualliflik qildi. Jazoir ushbu g‘alaba evaziga pley-off masalasini hal qildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA