“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Yuventus” yarim himoyachisi Kenan Yildizni transferiga 100 million yevro miqdorida sarmoya kiritmoqchi.
***
Germaniya Bundesligasining 15-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda "Bavariya" safarda "Haydenxaym" bilan bahs olib borib, 4:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvning 15-daqiqasida Yosip Stanishich hisobni ochdi. 32-daqiqada esa Maykl Olise jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. To‘qnashuvning 86- hamda 90+2-daqiqalarida Luis Dias va Harri Keyn ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘ydi.
***

Namanganning "Navbahor" klubi Benjamin Teydi va Shohmalik Komilov bilan shartnomani uzaytirdi. Ma’lumot o‘rnida, Sh.Komilov o‘tgan mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma orqali jamoasiga yordam bergan bo‘lsa, B.Teydi yakunlangan mavsumda 27 ta bahsda ishtirok etdi.
***

Afrika Millatlar kubogining ochilish o‘yinida Marokash terma jamoasi 2:0 hisobida Komor orollari termasini mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdagi gollarga Braim Dias va Ayub el-Kaabi mualliflik qildi.
***
BAA Pro-ligasi 9-turi doirasida "Al Bataex" — "Al-Nasr" uchrashuvi o‘tkazildi. O‘yinning 45+8 daqiqasida Mehdi Gayedining goli evaziga mehmonlar oldinga chiqib oldi. Mezbonlar hujumchisi Anatole Abang esa 72-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Mehdi Gayedi esa 73-daqiqada o‘zining ikkinchi golini nishonladi. E’tiborli jihati, "Al Bataex" safida hamyurtimiz Aziz G‘aniyev tomonidan uzatilgan pasdan unumli foydalangan Anatole Abang 77-daqiqada yana hisobni tenglashtirdi. Biroq, Dumbiya 90-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va “Al-Nasr”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
***

Osiyo futbol konfederatsiyasi milliy terma jamoalar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida “AFC Nations League” (OFK Millatlar ligasi) musobaqasini joriy etish rejasini ma’lum qildi. Yangi turnir Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro uchrashuvlar tizimini yanada tartibli va barqaror qilishga qaratilgan.
Mazkur musobaqa FIFA kunlarida terma jamoalar uchun muntazam va mazmunli o‘yinlar tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bu orqali raqib topishdagi qiyinchiliklar, logistika muammolari va xarajatlar sezilarli darajada kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA