Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTBOL: Uch o‘yinda uch xil natija – “Neftchi” “uyat”dan uyalmayapti
13:07 / 2018-07-25

Kecha mamlakat Pepsi Superligasi 18-tur doirasida qolgan uchta o‘yin ham o‘tkazildi. E’tiborli jihati, uch o‘yinda uch xil natija qayd etildi.

Kecha mamlakat Pepsi Superligasi 18-tur doirasida qolgan uchta o‘yin ham o‘tkazildi. E’tiborli jihati, uch o‘yinda uch xil natija qayd etildi.

Birinchi bo‘lib maydonga tushgan “So‘g‘diyona” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi. Olti turdirki “Lokomotiv” mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti, aksincha, to‘rt o‘yindan 12 ochko olishga erishdi, yana ikkitasida esa durang qayd etdi. “So‘g‘diyona esa aksincha, olti turda faqat bitta yuta oldi, ikkita durang qildi va uch o‘yinni boy berdi. Bu bilan jizzaxliklar kuchli oltilikka kirish imkoniyatini amaliy jihatdan qo‘ldan chiqarib bo‘ldi, “temiryo‘lchilar” esa kuchlilar qatoriga qo‘shilish masalasini deyarli hal etib bo‘ldi.

Ushbu turda “Neftchi” – “Qizilqum” uchrashuvini diqqat bilan kuzatuvchilar ko‘p bo‘ldi hisob. Sababi, farg‘onaliklar 18-turki hali biron marta ham g‘alaba nashidasini sura olmadilar. O‘z maydonida, buning ustiga o‘rtamiyona klubga qarshi ochko olishlariga deyarli hech kim shubha qilmagandi. Afsuski, bu gal ham farg‘onaliklar tobora kamayib borayotgan muxlislarini ranjitdi. Go‘yoki, “Neftchi” mag‘lubiyatlarga ko‘nikib bo‘ldi, ishqibozlari oldida uyalib qolishdan uyalmaydigan ham bo‘lib ketishdi. “Neftchi”ning so‘nggi besh o‘yindagi statistikasida yangilikning o‘zi yo‘q – durang va mag‘lubiyatlar, yutuqdan esa darak yo‘q. “Qizilqum” esa beshta o‘yindan beri uchinchi g‘alabasini ta’minladi.

Nihoyat, kunning so‘nggi o‘yini “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuv turning markaziy o‘yini bo‘lganligi bor gap. Stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar keskinlikning, murosasizlikning va albatta, har ikkala jamoa tomonidan shiddatli o‘yinning guvohi bo‘lishdi. Sal bo‘lmasa namanganliklar Milliy stadiondan ochko bilan, hatto uch ochko bilan qaytishlari ham mumkin edi. Biroq shu kuni omad mezbonlar tomonida bo‘ldi. “Paxtakor”, “Lokomotiv” kabi “Bunyodkor” ham besh turdan beri mag‘lubiyatni chetlab o‘tyapti, bor-yo‘g‘i bitta durang, boshqalarida esa g‘alaba. Chempionatni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan “Navbahor” esa so‘ngi besh turda ikkitadan yutuq va mag‘lubiyat qayd etgan, bitta uchrashuvda raqibi bilan murosa qilgandi. Bu gal esa kuchli klubga qarshi muvaffaqiyat qozonishni keyingi turga qoldirgandek tasavvur qoldirdi.

a2328535-a3c4-4f6f-8f92-e46ae697f350.jpg

1324d92c-9da0-4d03-b272-dbee77c7fade.jpg

3b9f49c0-a527-4b2a-9f0c-512a1946833a.jpg

421ac2ae-18ed-4b5e-ace4-1e0ebe8c2d59.jpg

PEPSI Superliga. 18-tur.

24-iyul

“BUNYODKOR” - “NAVBAHOR” - 2:1
Gollar: Dilshodbek Ahmadaliyev (37), Filip Rayevas (58) - Ro‘zimboy Ahmedov (31).

“NЕFTCHI” - “QIZILQUM” - 0:1
Gol: Artur Gevorkyan (61).

“SO‘G‘DIYONA” — “LOKOMOTIV” - 0:0.

18-turdan keyin turnir jadvalini hamon “Paxtakor” jamoasi boshqarib bormoqda. “Sherlar” 42 ochko to‘pladilar. Ikkinchi pog‘onada 36 ochko bilan “Bunyodkor”, 32 ochko bilan “Lokomotiv” jamoasi boryapti. Kuchli oltilikdan “Navbahor” (31 ochko), “Buxoro” (26 ochko) va “Metallurg” (24 ochko) jamoalari joy olishgan. “Nasaf”da 23, “Qo‘qon-1912”da 21, “Qizilqum”da 20, AGMKda 17, “So‘g‘diyona”da esa 16 ochko bor. Turnir autsayderi har doimgidek “Neftchi” – atigi 8 ochko.

Keyingi turdagi uchrashuvlar:

19-tur. 28-29-iyul 

“Nasaf” – AGMK
“Navbahor” – “Paxtakor”
“Metallurg” – “Neftchi”
“Lokomotiv” – “Bunyodkor”
“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona”
“Qizilqum” – “Buxoro”.

Yana bir gap. 19-tur doirasidagi “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni qit’amizning yetakchi referilaridan biri, yaqinda Rossiya maydonlarida yakuniga yetgan Jahon chempionatida ikkita o‘yinni boshqargan Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam berishadi.