Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: U16 terma jamoamiz jahon chempionati ishtirokchilariga qarshi maydonga tushadi
15:23 / 2025-08-06

Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilning 12-18 avgust kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida tashkil etiladigan xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida ishtirok etadi.

Ushbu turnirda 2025 yil kuzida bo‘lib o‘tadigan U-17 jahon chempionatiga yo‘l olgan Indoneziya, Mali va Tojikiston terma jamoalari qatnashadi. Ularga qarshi bellashuvlarda yurtimiz sharafini 2009 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat U-16 terma jamoamiz himoya qiladi.   

Musobaqadagi ilk o‘yinini futbolchilarimiz 12 avgust kuni Mali U-17 termasiga qarshi o‘tkazadi. 15 avgustda esa mezbon – Indoneziya termasiga qarshi maydonga tushish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonlik futbolchilar 18 avgust kuni Tojikiston U-17 termasiga qarshi bahs yuritib, musobaqani yakunlaydi.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, 2008 yilda tug‘ilgan futbolchilardan shakllantirilgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi sentyabr oyida Ispaniyada yig‘in o‘tkazishi, shuningdek, Angliya, Kanada va Marokash yoshlar termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA