Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol. U-21 chempionati nihoyasiga yetdi: AGMK birinchi, «Paxtakor» ikkinchi, «Nasaf» esa uchinchi o‘rinni egalladi
20:41 / 2021-11-26

21 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan 26-tur o‘yinlaridan so‘ng chempionat mavsumi nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning peshqadami nomi allaqachon aniqlanib bo‘lingan – AGMK muddatidan ancha oldin oldiga qo‘ygan chempionlik maqsadiga erishib bo‘lgandi. bugungi natijalar chempionatning kichik kumush va bronza medallari egalarini aniqlab berishi bilan muhim edi. Ikkinchi o‘ringa esa bir emas to‘rt jamoa da’vogarlik qilayotgandi.

Eng qulay imkoniyat «Nasaf»da bo‘lib, qarshiliklar o‘z maydonida «Lokomotiv»ni mag‘lub etsalar kifoya bo‘lardi. Uchrashuvning boshidayoq Zafar Xolmurodov shogirdlari hisobni ochib, maqsad sari birinchi qadamni tashlashgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda bir zaxiraning o‘zida to‘rt futbolchini almashtirgan «temiryo‘lchilar» uch daqiqada ketma-ket ikkita gol kiritishib, hisobda oldinga chiqib olishdi. Qo‘shib berilgan besh daqiqaning so‘nggi soniyalarida maydon egalari hisobni tenglashtirishga erishdilar.

Ammo qo‘lga kiritilgan bir ochko qarshiliklarni quvontirmadi, sababi. Toshkentda «Paxtakor» «Bunyodkor»ni mag‘lub etib, o‘zlari uchun kerakli natijani qayd etib bo‘lishgandi. «Paxtakor»da ham, «Nasaf»da ham 45 ochko yig‘ildi, faqat o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra toshkentliklar ikkinchi pog‘onadan joy olishdi, qarshiliklarga esa uchinchi o‘rin nasib etdi. Qolgan uchrashuvlar natijalari deyarli hech narsani hal etmadi.

U-21. 26-tur.

26 noyabr, juma

BUNYODKOR – PAXTAKOR – 1:2 (1:0).

Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. 123 tomoshabin.

Gollar: Muzaffar Olimjonov, 12 (1:0), Shaxzodbek Rahmatullayev, 72 (1:1), Rustam Turdimurodov, 81 (1:2)

SURXON – MASH’AL – 1:1 (1:0)

Termiz. «Alpomish» stadioni. 170 tomoshabin.

Gollar: Muhammad Ali Abdurahmonov, 20 (1:0), Asadbek Jo‘raqulov, 50 (1:1)

QIZILQUM – METALLURG – 2:0 (0:0)

Navoiy. «Yoshlik» stadioni. 86 tomoshabin.

Gollar: Ilhomjon Kenjayev, 55 (1:0), Bobomurod Imomov, 89 (2:0)

TURON – ANDIJON – 2:1 (1:1)

Yaypan. «O‘zbekiston» stadioni zaxira maydoni. 35 tomoshabin.

Gollar: Umidjon O‘ktamaliyev, 1 (1:0), Aslbek Aysarov, 40 (1:1), Rustamxon Azimov, 47 (2:1)

NAVBAHOR – QO‘QON-1912 – 2:0 (1:0)

Namangan. «Markaziy» stadion zaxira maydoni. 185 tomoshabin.

Gollar: Jahongir Tursunov, 42 (1:0), Husain Ergashboyev, 77 (2:0)

AGMK – SO‘G‘DIYONA – 2:0 (0:0)

Olmaliq. «Metallurg» stadioni. 35 tomoshabin.

Gollar: Zohidjon Rahimov, 66 (1:0), Nodirxon Ne’matxonov, 68 (2:0)

NASAF – LOKOMOTIV – 2:2 (1:0)

Qarshi. «Mehnatchi» stadioni. 77 tomoshabin.

Gollar: Shaxboz Nuriddinov, 18 (1:0), Anvarjon Alijonov, 70 (1:1), Sherzodjon Komilov, 73 (1:2), Sherali Rasulov, 90+5 (2:2).

Oybek YUNUSOV, O‘zA