Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: U-20 Osiyo kubogining ilk yarim finalchisi ma’lum
17:53 / 2023-03-11

Mamlakatimizda futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan U-20 Osiyo kubogining dastlabki chorak final o‘yini yakunlandi.

Yarim final yo‘lidagi bahsda Eron – Iroq jamoalari to‘qnash keldi. Uchrashuvda 90 daqiqa davomida darvozalar daxlsiz qoldi. Faqat 2-bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqasida iroqliklarga omad kulib boqdi. 16-raqamda harakatlangan iroqlik Ali Jassim gol mullifi bo‘ldi.  

Endi Iroq terma jamoasi Yaponiya – Iordaniya uchrashuvining g‘olibi bilan yarim finalda ro‘baro‘ keladi.  

Eron – Iroq o‘yinini boshqarib borgan hakamlar tarkibida hamyurtimiz Ahrol Risqullayev to‘rtinchi hakam sifatida faoliyat olib bordi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA