Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol U-20. Angliya va Gambiya Argentina safida
11:23 / 2023-05-26

Argentinada yoshlar o‘rtasidagi davom etmoqda. Kecha, 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi “Ye” guruhida Urugvay-Angliya uchrashuvi inglizlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Iroq-Tunis o‘yinida 0:3 hisobi qayd etildi.

“F” guruhida Gambiya yoshlari Fransiya vakillarini 2:1 hisobida yengdi. Gonduras hamda Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘yinda jangovar durang qayd etildi — 2:2.  

Ushbu o‘yinlar bilan 2-tur bahslariga yakun yasaldi.  

U-20 Jahon chempionatining 2-turidan keyingi sarhisobga ko‘ra, Argentina, AQSH, Angliya, Kolumbiya, Nigeriya va Gambiya terma jamoalari muddatidan avval keyingi bosqichga chiqish masalasini hal etdi.  

Bugun, 26 maydan 27 mayga o‘tar kechasi “A” va “B” guruhlarida 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. “A” guruhida Argentina-Yangi Zelandiya, O‘zbekiston-Gvatemala, “B” guruhida Ekvador-Fidji, Slovakiya-AQSH jamoalari kuch sinashadi.  

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi so‘nggi turda Gvatemalaga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga oq libosda, darvozabon sariq libosda tushadi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-Gvatemala uchrashuvi bosh hakami etib misrlik Muhammad Ma’ruf tayinlangan. Qanotlarda marokashlik Zakariyo Brinsi va jazoirlik Abbos Akram faoliyat yuritadi. Zaxiradagi hakam vazifasiga mavritaniyalik Bou Abdulaziz tayinlangan.  

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, kecha kechki payt Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Gvatemalaga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA