Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Terma jamoamiz JCH-2022 ishtirokchilari bilan kuch sinashadi
13:10 / 2022-08-25

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida JCH-2022 ishtirokchilari bo‘lgan Kosta-Rika va Kamerun jamoalari bilan bahs olib boradi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aytish lozim, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston terma jamoasining Koreya Respublikasida bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davrida o‘tkaziladi.

Vakillarimizning Kamerun terma jamoasi bilan o‘yini 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tsa, Kosta-Rika jamoasi bilan uchrashuvi 27 sentyabrga belgilangan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA