Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTBOL: Terma jamoalarda nima gap?
13:43 / 2018-10-08

Milliy termamiz yigʻinni davom ettiryapti, oʻsmirlarimiz esa Ispaniyaga yoʻl olishdi.


Milliy termamiz yigʻinni davom ettiryapti, oʻsmirlarimiz esa Ispaniyaga yoʻl olishdi.

Milliy terma

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2019-yil BAAda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining munosib tayyorgarlik koʻrishi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oktabr oyidagi FIFA kunlarida Oʻzbekiston MTJ uchun bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkillashtirilgan. Jumladan, 13 va 16-oktabr kunlari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi KXDR hamda Qatar terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Shu maqsadda Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6-oktabrdan oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishdi. Yigʻinga quyidagi futbolchilar chaqirilgan:

Darvozabonlar: 

Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”)

Himoyachilar:

Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod Aʼzamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Siddiqov (“Qoʻqon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumchilar: 

Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin Gʻofurov (“Lokomotiv”).

Oʻsmirlar

3dd4c334-a5d7-4c4b-9377-5045566dde57.jpg

Otabek Gʻulomxoʻjayev murabbiyligidagi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat (U-17) oʻsmirlar terma jamoamiz oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqa oldidan Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini tashkil etdi. 3-7 oktyabr sanalarida oʻtkazilgan yigʻin doirasida oʻsmirlarimiz “Lokomotiv” klubining oʻrinbosarlar guruhi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 

Besh kunlik mashgʻulotlardan soʻng terma jamoamiz kecha tunda Ispaniyaga joʻnab ketdi.
Malagada boʻlib oʻtadigan turnirda vakillarimiz Fransiya, Belgiya hamda Shotlandiya mamlakatlarining 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Terma jamoamiz dastlabki oʻyinni 10-oktabr kuni Shotlandiya, ikkinchisini 13-oktabr kuni Belgiyaga va soʻnggi uchinchi oʻyinni 15-oktabr kuni Fransiyaning U-18 terma jamoalariga qarshi oʻtkazadi.

Ispaniyaga yoʻl olgan oʻsmirlar terma jamoamiz tarkibi:

Darvozabonlar:

Asad Polvonov (“Nasaf”)
Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”)

Himoyachilar:

Odil Abdumajidov (“OʻzDongJu”)
Asliddin Toshtemirov (“Neftchi”
Eldor Begimov (AGMK)
Sodiq Ortiqov (“Navbahor”)
Ibrohimxalil Yoʻldoshev (“Paxtakor”)
Sunnat Hamidjonov (“Paxtakor”)
Saidazamat Mirsaidov (“Paxtakor”

Yarim himoyachilar:

Xushnud Bozorov (“Paxtakor”)
Abdulaziz Abdusalomov (“Paxtakor”)
Diyor Ramazonov (“Paxtakor”)
Bexzod Shamsiyev (“Paxtakor”)
Mironshoh Sattorov (“Bunyodkor”)
Jasur Jaloliddinov (“Bunyodkor”)
Ibrohim Ibrohimov (“Bunyodkor”)

Hujumchilar:

Ruslan Roziyev (“Paxtakor”)
Xojimat Erkinov (“Paxtakor”)
Muhammadqodir Rahimberganov (“Xorazm”)
Muzaffar Olimjonov (“Bunyodkor”)
Alisher Odilov (“Paxtakor”)
Ulugʻbek Xoshimov (“Paxtakor”).

Delegatsiya rahbari – Diyor Imomxoʻjayev
Menejer – Ruslan Sulaymonov
Bosh murabbiy – Otabek Gʻulomxoʻjayev
Murabbiylar – Doniyor Usmonov, Sarvar Haydarov, Valeriy Karpenko
Shifokor – Bobur Abdazov
Massajchi – Aziz Rizboyev.

Ayollar

b6df2e95-20b9-40f2-9280-823379667fb2.jpg

Ayollar futboli boʻyicha 19 yoshlilar terma jamoamiz 28-sentabrdan 5-oktabrga qadar Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazdi.
Karima Yoʻldosheva shogirdlari yigʻin doirasida qator oʻrtoqlik uchrashuvlari ham tashkillashtirdi. Jumladan, “Bunyodkor” jamoasiga qarshi oʻyinda “qaldirgʻochlar”ning qoʻli baland keldi – 4:1, “Paxtakor” jamoasi bilan kechgan oʻyinda esa darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. 

Mazkur yigʻinlar terma jamoamizning shu oyda, aniqrogʻi 20-28-oktabr kunlari Bishkek shahrida oʻtkaziladigan Osiyo chempionati saralashidagi ishtiroki oldidan oʻziga xos koʻrik vazifasini bajarib berdi.

“Chigʻatoy“ sport majmuasida oʻtgan yigʻinda quyidagi futbolchilar ishtirok etishdi:

Darvozabonlar:

Sevara Nurillayeva (“Sevinch”)
Zarina Saidova (“Shoʻrtan”)
Nigora Oʻzganova (“Metallurg”)

Himoyachilar:

Laylo Shodiyeva (“Sevinch”) 
Ozoda Hojiyeva (“Bunyodkor”)
Madina Hikmatova (“Paxtakor”)
Sabina Amanova (“Buxoro”)
Rushaniya Mazitova (“Qizilqum”) 
Nozima Ergasheva (“Metallurg”)

Yarim himoyachilar:

Laylo Tosheva (“Sevinch”)
Gulzoda Saidova (“Shoʻrtan”)
Xusniya Gancheva (“Shoʻrtan”)
Munisa Gʻiyosova (AGMK)
Arina Smirnova (AGMK)
Tojiniso Rashidova (“Bunyodkor”)
Shahnoza Qurbonova (“Sevinch”)
Shahrizoda Zaynitdinova (“Lokomotiv”)
Soʻgʻdiyona Alamurodova (“Sevinch”)
Sarvinoz Komiljonova (“Navbahor”)
Mahliyo Nazarqulova (“Soʻgʻdiyona”)

Xujumchilar:

Muxlisa Mardiyeva (“Navbahor”)
Dinara Xudoynazarova (“Lokomotiv”) 
Diyora Erkinova (“Metallurg”).

Terma jamoamizning navbatdagi yigʻini 15-oktabrga rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 19 yoshli qizlar terma jamoamiz 20-28-oktabr kunlari Bishkek shahrida tashkillashtiriladigan Osiyo chempionati saralash oʻyinlarida ishtirok etadi. Saralashda vakillarimiz Qirgʻiziston, Guam, Maldiv orollari va BAA ayollar terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.