Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Superliga o‘yinlarida xatoga yo‘l qo‘ygan hakamlar jazolandi
11:02 / 2023-03-25

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida Superliga o‘yinlarining ortda qolgan bir qator uchrashuvlarida xatolikka yo‘l qo‘ygan hakamlarga chora ko‘rildi, deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.

Jumladan, 11 mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2-tur doirasida “Surxon” – “Andijon” uchrashuvi birinchi yordamchi hakami Mahmud Turdiyev, VAR hakami Aziz Asimov va AVAR  hakami Alisher Usmonovga uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun O‘FA intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan jazo tayinlandi.  

Shuningdek, joriy yil 6 mart kuni U-21 chempionati 1-tur doirasida “Turon” – “Buxoro” uchrashuvining bosh hakami Akmal Rahimov, ikkinchi yordamchi hakam Azizbek Isakov va zaxira hakami Shahboz Vahobjonov uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun jazolandi.  

Bundan tashqari, “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi bosh hakami Vadim Agishev, VAR hakami Firdavs Norsafarov va AVAR  hakami Baxtiyorxo‘ja Shavkatovga uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari sababli tegishli tarzda intizom choralari qo‘llanildi.    

O‘zA