Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol stadioni maydoniga daraxtlar ekildi
11:05 / 2019-09-09

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariyalik san’atkor Klaus Littmann Avstriyaning Klagenfurt-am-Vyorterze shahridagi “Vyorterze” stadioni maydoniga yuzlab daraxtlarni ekdi.


Ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariyalik san’atkor Klaus Littmann Avstriyaning Klagenfurt-am-Vyorterze shahridagi “Vyorterze” stadioni maydoniga yuzlab daraxtlarni ekdi.

“Tabiatning cheksiz jozibasi – o‘rmonlar uchun” deb nomlangan badiiy loyiha iqlim o‘zgarishi muammolari va o‘rmonlarning yo‘qolib borayotganiga e’tiborni jalb etishni maqsad qilgan, deb yozadi "Artnews".

San’atning jonli asarini yaratish uchun 22 kun vaqt sarflandi. 300ga yaqin daraxtlarning qandag‘och, tog‘terak, zarang, eman kabi turlari Italiya, Germaniya va Belgiyadan olib kelindi.

photo5453934190870506733.jpg

Loyihaning asosiy g‘oyasi – agar o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi oldi olinmasa, kelajakda daraxtlarni xuddi sport musobaqalari kabi faqat stadionlarda tomosha qilish mumkin bo‘lishiga e’tibor qaratishdir.

1982 yili xuddi shunday loyihani nemis san’atkori Yozef Boys amalga oshirishni va Yevropa bo‘ylab 7000 ta eman ekishni taklif qilgan edi. Littmann esa uning shogirdi hisoblanadi.
Muvaqqat o‘rmonni 23 oktabrgacha tomosha qilish mumkin.