Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: “So‘g‘diyona” yana g‘olib
21:06 / 2022-06-18

FIFA kunlari va milliy terma jamoamizning Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtiroki munosabati bilan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati superligasida yuzaga kelgan tanaffus yakuniga yetdi va kuni kecha Toshkentda chempionatning 12-tur uchrashuvlariga start berildi.

Tur Toshkentda “Lokomotiv” va Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlandi.

Uchrashuvning 18-daqiqasiga kelib jizzaxliklar “Lokomotiv” jarima maydonchasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Shaxboz Jo‘rabekovning uzatmasini “Shoxruz Norxonov darvozaga yo‘lladi. Hisob mehmonlar tomonidan ochildi – 0:1.

Ana shu 0:1 hisobi bilan birinchi bo‘lim yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limni “Lokomotiv” tezkor hujumlar bilan boshlagan bo‘lsa-da, jizzaxliklar qo‘rg‘onini yorib o‘tishning uddasidan chiqa olmadi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida “Lokomotiv” sardori, gruziyalik legioner Kaxi Maxaradze kerak bo‘lmagan vaziyatda Shoxruz Norxonovga zarba berib yubordi. Bu holatga VAR aralashdi va “Lokomotiv” sardori maydondan chetlatildi.

“Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi 0:1 hisobi uchrashuv so‘ngigacha o‘zgarmay qoldi.  

“So‘g‘diyona” 24 iyun kuni Tojkistonning Dushanbe shahrida boshlanadigan Osiyo kubogiga yo‘l oladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” jamoasi “Ye” guruhda keyingi pley-off bosqichiga beriladigan yagona yo‘llanma uchun bahs olib boradi.

Mazkur guruhdagi bahslar joriy yilning 24, 27 va 30 iyun kunlari Tojikiston  poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. “So‘g‘diyona” 24 iyun kuni soat 19:00 da Qirg‘iz Respublikasining “Neftchi”, 27 iyun kuni soat 22:00 da Tojikistonning SSKA va 30 iyun kuni Turkmanistonning “Altin asir” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

A.Qayumov, O‘zA