Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: “Paxtakor”ning yangi mavsumdagi tarkibi e’lon qilindi
15:33 / 2026-02-23

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati – Superliga o‘yinlarining boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda jamoalar asosiy tarkib futbolchilari va ularning qaysi raqamlarda harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etishni boshlab yubordi.

Xususan, joriy yilgi Superliga mavsumida chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida talqin etilayotgan poytaxtimizning "Paxtakor" klubi yangi mavsum uchun qaydnomani e’lon qildi.

Unga ko‘ra, darvozabonlar 12-Vladimir Nazarov, 35-Sanjar Quvvatov.

Himoyachilar 3-Shahzod Azmiddinov, 4-Zaid Tahsin (Iroq), 5-Muhammadqodir Hamraliyev, 7-Hojiakbar Alijonov, 8-Dilshod Saitov, 20-Dilshod Abdullayev, 34-Sherzod Nasrullayev, 55-Muhammadrasul Abdumajidov.

Yarim himoyachilar 9-Ibrohim Ibragimov, 10-Akmal Mozgovoy, 11-Hojimat Erkinov, 17-Doston Hamdamov, 21-Bashar Resan (Iroq), 23-Abdurauf Bo‘riyev, 27-Sardor Sobirxo‘jayev, 50-Flamarion (Braziliya), 77-Oybek Bozorov.

Hujumchilar 14-Rustam Turdimurodov, 19-Pyotr Pajishek (Polsha).

Yana bir gap. "Paxtakor" futbolchilari yangi mavsumni to‘q ko‘k (yoki indigo) va oq rangli liboslarda o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Superliga o‘yinlarining 1-tur o‘yinlari 27-fevral-1-mart kunlari tashkil etiladi. “Paxtakor” 27-fevral kuni Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA