English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: O‘zbekiston yoshlar (U-23) o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi
17:23 / 2021-02-22

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022 yilgi 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlarini O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha OFKga so‘rovnoma yuborgan edi.

Bu yo‘lda O‘FA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatimizda o‘tkazish bo‘yicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va ko‘plab muzokaralarni olib bordi.

Natijada Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur musobaqani yurtimiz yashil maydonlarida bo‘lib o‘tishiga rozilik bildirdi.

2013 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqada hozirga qadar O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq terma jamoalari bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan.