Joriy yilning 1-9 sentyabr kunlari futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U23 terma jamoasi "E" guruhida Qirg‘iziston, Shri-Lanka va Falastin termalariga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi. Mazkur guruh bahslari Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

Darvoqe, qur’aning barcha natijalari bilan quyida tanishasiz:
(Guruhda birinchi bo‘lib qayd etilgan terma jamoalar saralash bahslarini o‘z maydonida o‘tkazadi.)
"A" guruhi: Iordaniya, Butan, Xitoy Taypei, Turkmaniston.
"B" guruhi: Myanma, Afg‘oniston, Kuvayt, Yaponiya.
"S" guruhi: Vetnam, Bangladesh, Singapur, Yaman.
"D" guruhi: Xitoy, Shimoliy Mariana orollari, Timor Leste, Avstraliya.
"E" guruhi: Qirg‘iziston, Shri Lanka, Falastin, O‘zbekiston.
"F" guruhi: Tailand, Mo‘g‘uliston, Livan, Malayziya.
"G" guruhi: Kambodja, Pokiston, O‘mon, Iroq.
"H" guruhi: Qatar, Bruney, Hindiston, Bahrayn.
"I" guruhi: BAA, Guam, Hongkong, Eron.
"J" guruhi: Indoneziya, Makao, Laos, Koreya Respublikasi.
"K" guruhi: Tojikiston, Nepal, Filippin, Suriya.
Ma’lumot o‘rnida: U23 yosh toifasidagi Osiyo kubogi 2026 yilning 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga saralash bahslarining 11 ta guruhida birinchi bo‘lgan va 4 ta guruhda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar final bosqichiga yo‘llanma oladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA