Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: O‘zbekiston U23 terma jamoasi bugun final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi
10:33 / 2025-09-09

Futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi “Osiyo kubogi – 2026” musobaqasiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslari qit’amizning 11 mamlakatida o‘tmoqda. Bugun saralashning so‘nggi uchinchi turi o‘tkaziladi.

Ushbu saralash bahslarining "E" guruhida O‘zbekiston U23 terma jamoasi Falastin bilan o‘yin o‘tkazsa, ikkinchi uchrashuv Shri-Lanka va  Qirg‘iziston o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ayni damda guruhda Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz va Qirg‘iziston terma jamoasi bir xil 4 ochko jamg‘argan holda 1-2-pog‘onalarda bormoqda. Falastinda 3 ochko bor bo‘lsa, Shri-Lanka termasi ochkosiz so‘nggi o‘rinda.  

Eslatib o‘tamiz, saralash bahslarida guruhlarda 11 ta birinchi o‘rindan joy olgan va eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan 4 terma jamoa Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA