Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi bosh shifokori Qatarda taqdirlandi
Qatar davlatida Osiyo futbol konfederatsiyasining 7-Xalqaro tibbiy konferensiyasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Alisher Aripovga “Yuqori darajadagi ko‘rsatgan tibbiy xizmatlari uchun” mukofoti topshirildi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlarning tibbiyot mutaxassislari ishtirok etgan 7-Xalqaro tibbiy konferensiyasida mutaxassislarga sohadagi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bir qancha mavzular yuzasidan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi. Yosh shifokorlarga tajribali mutaxassislar tomonidan bilim va ko‘nikmalar ulashildi, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabarida.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA