Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: O‘zbekiston "Osiyo kubogi-2031"ga da’vogar
16:55 / 2026-02-04

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031 va 2035 yilgi Osiyo kubogi mezbonligi uchun arizalarni qabul qilish jarayoni yakunlanganini e’lon qildi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston ilk bor  Tojikiston va Qirg‘iziston bilan birgalikda ushbu nufuzli musobaqani qabul qilish uchun da’vogarlar qatoridan joy oldi.

OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning tashabbusi bilan 2031 va 2035 yilgi qit’a birinchiliklari mezbonlari bir vaqtda aniqlanadigan bo‘ldi.

"Osiyo kubogi-2031" mezbonligiga Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya va Kuvayt yakka tartibda o‘z nomzodlarini ilgari surgan bo‘lsa, ular qatoriga O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning qo‘shma arizasi ham qo‘shildi.

"Osiyo kubogi-2035" mezbonligi uchun esa Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Kuvayt davlatlari da’vogarlik qilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA