English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniya va Misr bilan kuch sinashadi
13:24 / 2023-10-12

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Ushbu uchrashuvlardan biri ertaga, 13 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvda hamyurtlarimiz Ispaniya olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, 16 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tadigan ikkinchi uchrashuvda Timur Kapadze shogirdlari Misr terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Aytish lozim, Ispaniya va Misr terma jamoalari "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari sohiblari sanaladi. 
Mazkur uchrashuvlarga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hozirda Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” terma jamoalar markazida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir oy muqaddam jamoamiz kelasi yil Qatarda o‘tadigan U-23 Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Qatar maydonlarida o‘tadigan musobaqa esa kuchli uchlikka kirgan jamoalarga 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari eshiklarini ochadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA