Futbol: O‘zbekiston-Kanada o‘yini sanasi ma’lum
Okean ortidagi uch mamlakatda futbol bo‘yicha o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanada bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bu haqda xabar bergan Kanada futbol assotsiatsiyasi mazkur o‘yin joriy yilning 1 iyun kuni o‘tkazilishini e’lon qildi.
Kanada-O‘zbekiston futbol jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik Edmontondagi "Commonwealth" (Hamdo‘stlik) stadionida o‘tkazilish rejalashtirilmoqda.
Mundialga tayyorgarlikning bir qismi sanaladigan mazkur o‘yin haqida fikr bildirgan Kanada bosh murabbiyi Jessi Marsh bu o‘yin muxlislar bilan yaqinlashish va tariximizdagi eng katta turnir oldidan jamoamiz o‘yinini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat, deya ta’kidladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA