Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: O‘zbekiston FIFA reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi
09:00 / 2024-10-25

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi(FIFA) milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, jadvalda kuchli beshlik o‘zgarmagan holda Argentina yetakchi, Fransiya va Ispaniya terma jamoalari keyingi pog‘onalarda qayd etilgan.  

E’tiborlisi, yangilangan reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni egalladi. Osiyo qit’asining yettinchi jamoasi sifatida ko‘rsatilgan milliy terma jamoamiz ushbu natija bilan Saudiya Arabistonini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.    

Osiyo mamlakatlari orasida yetakchilikka erishgan Yaponiya FIFA ro‘yxatida 15-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, "JCH-2026" saralash bosqichida terma jamoamizning asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan Eron reytingda 19-o‘rinni egalladi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA